Toshkentdagi “Chorsu” bozorida yongʻin chiqdi

    Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.

    12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 01:17da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 02:22 da qurshab olingan va yongʻin soat 02:47 da toʻliq bartaraf etilgan.

    Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

    Hodisa joyida favqudodda vaziyatlar vaziri va tegishli tashkilotlar rahbarlari oʻrganish ishlarini olib bormoqda.