Toshkentdagi Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi

    Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi. Loyiha qiymati 170 million AQSH dollar deb baholangan.

    Qayd etilishicha, loyiha boʻyicha Chorsu maydonidagi 1982-yilda qurilgan va uzoq vaqt tashlandiq boʻlib qolgan “Chorsu” mehmonxonasi binosi buziladi va oʻrnidan yehmonxona, biznes-markaz, turar-joylar qurilishi shuningdek, “Chorsu” mehmonxonasiga bagʻishlangan kichik muzey ham ochilishi rejalashtirilgan.

    Taʼkidlanishicha, loyihani Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi ishlab chiqqan. Yangilangan maydonning qurilish ishlari 2025-yilda boshlanib, 2029-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.