Eslatib, oʻtamiz kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-sentyabr kuni Toshkent viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazgan yigʻilishda Toshkent viloyatidagi boʻsh yerlar “Toshkent invest” kompaniyasi va shaharning sanoat zonalari direksiyasiga ajratilib, ekologiyaga zarar keltirayotgan korxonalar koʻchirilishi aytilgandi.
"Ohangaron tumanida bir necha yillar davomida yechimi topilmayotgan joy bor edi, yaʼni charm klasteriga 15 gektar yer ajratilgandi. Kommunikatsiyaga mablagʻ boʻlmagani uchun ishga tushmagandi. Bugun Prezidentimiz bu masalaga yechim qilib berdi. Yana 20 gektar yer qoʻshib, 35 gektarga yetkazildi. Bu yerga biz Toshkent shahridagi 50 dan ziyod terini qayta ishlash korxonalarini koʻchirib olib kelamiz", dedi hokim “Oʻzbekiston 24” telekanaliga intervyusida..
Uning soʻzlariga koʻra, shuningdek, Toshkent shahri hokimiyati uchun Ohangaron suv ombori atrofidan 168 gektar yer Toshkent shahar hokimligiga beriladi. Bu yerda shaharning ekohududi tashkil etiladi. Ushbu hududda Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda kamida 600 nafar sayyohni qabul qila oladigan turistik zona barpo etiladi.








