Qayd etilishicha, Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasiga koʻra Toshkent viloyati, Angren shahrida joylashgan “Nazir travel N1” MCHJ va “Bonu travel 000” MCHJ ga nisbatan litsenziyasiz “Umra“ tadbirini tashkil etgani uchun moliyaviy jarima qoʻllanildi.
“Umra“ tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln. soʻm) etib belgilangan.
Hurmatli fuqarolar, Din ishlari boʻyicha qoʻmita ziyoratchilarimizni “Umra“ amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh boʻlishlari va keyinchalik turli koʻngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishlarini tavsiya etadi.