FVB xabariga koʻra, bu haqdagi maʼlumot ularga soat 11:11 da kelib tulgan va qurilish mahsulotlari yongani aytilgan.
Shunga koʻra, aytilgan manzilda navbatchilikda turgan va boshqa yordamga yetib borgan yongʻin qutqaruv ekipajlari tomonidan, yongʻinni oʻchirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.