Toshkentdagi jamoat transportiga yana 16 dona yangi avtobus yoʻnalishlarga qoʻyildi

    Transport 9 Yanvar 2023 1666

    Joriy yilning 4-yanvar kuni “MAN A22 CNG” rusumli avtobuslarning navbatdagi 16 donasi “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufiga topshirildi.

    Mazkur avtobuslarning:

    4 donasi — “1 Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 28-sonli “Yashnobod qurilish kolleji – Ibn Sino 2-mavzesi”;

    4 donasi — “7 Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 13-sonli “Izza mavzesi – Toshkent MUM”;

    1 donasi — “8 Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 91-sonli “Yunusobod mavzesi 15-daha – Koʻkcha masjidi bekati”;

    1 donasi — “8 Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 118-sonli “Chilonzor buyum bozori – Oʻzposlsavdo”;

    3 donasi — “18 Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 87-sonli “Chinni bozori bekati – Qoraqamish 2/4 mavzesi”;

    3 donasi — “18 Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 88-sonli “Ibn Sino 2-mavzesi – M.Yusuf koʻchasi” avtobus yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatish uchun biriktirildi.