Toshkentdagi Keles yo‘li ta’mirlash ishlari sabab qisman yopiladi

    Urbanizatsiya 3 Yanvar 2023 1179

    Ta’mirlash jarayonlari 4-yanvardan boshlanib, THAY va Moyariq ko‘chalari oralig‘ini o‘z ichiga oladi.

    2023-yilning 4-yanvaridan Keles yoʻli koʻchasining Toshkent halqa avtomobil yoʻli koʻprigidan Moyariq koʻchasigacha boʻlgan oraligʻi avtotransport vositalari harakati toʻxtatilmagan holda qisman yopiladi.

    Bunga yoʻl taʼmiri sabab qilib keltirilgan.

    Toshkent shahar hokimligi noqulayliklar uchun uzr soʻragan.