Bu haqda Toshkent shahar hokimligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur koʻchasi Shota Rustaveli koʻchasi bilan kesishmasidan Seul koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, joriy yilning 16-oktyabr kunidan 15-noyabr kuniga qadar Bobur koʻchasining ushbu qismida toʻrt chiziqli yoʻlning ikki chizigʻida harakat cheklanishini, avtotransport oqimi esa qolgan ikki chiziqqa yoʻnaltiriladi.