Farmon loyihasiga koʻra, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi va Toshkent shahridagi tuman uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlari faoliyatini qayta koʻrib chiqiladi.

Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi yangilangan vazifa va funksiyalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi tarkibidagi oʻzgarishlar boʻyicha Oʻzbekiston hukumati ayrim qarorlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.