баннер
30 Mar 2025
21:10

    Toshkentdagi koʻp qavatli uylarning birida yongʻin chiqdi

    Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 27-mart kuni soat 12:06 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, “Iftihor“ koʻchasida joylashgan, koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

    Kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari yongʻin joyiga tezkorlik bilan yetib borgan va yongʻin soat 12:31 da batamom oʻchirilgan.

    Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech