Bosh prokuratura matbuot kotibi holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 28-dekabr kuni 07:45 da 1992-yilda tugʻilgan erkak Mirzo Ulugʻbek tumani 248-sonli maktab orqa tomonidagi daraxtga oʻzini osib, joniga qasd qilgan.

Aniqlanishicha, marhum ruhiy asab kasalliklari dispanserida roʻyxatda turgan, muqaddam bir necha marotaba oʻz joniga suiqasd qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.