Unga koʻra, 2023-yil 14-dekabr kuni soat 10.15 larda Yunusobod tumanidagi 97-sonli umumtaʼlim maktabining oshxonasida 11-“A” sinf oʻquvchisi I.J. tanaffus vaqtida yonida boʻlgan “Dimavushka” nomli qoʻlbola yasalgan kuchli tutun chiqaruvchi moddani tutatganligi aniqlandi.

Bu hodisani shu maktabning 9-“V” sinf oʻquvchisi A.A. esa oʻzining uyali telefoni orqali videotasvirga olgan va instagramm ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasiga joylashtirgan hamda tarqatgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.