Toshkentdagi maktablarda oʻquvchilarning telefonlari tekshirilmoqda

    Ta'lim 14 May 2025 678

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablarda oʻquvchilarning telefonlari yigʻib olinib tekshirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat boʻyicha Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, poytaxt umumtaʼlim maktablarida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda oʻquv yili davomida haftada bir kun “Davomat“, “Tigʻ“ tadbirlari oʻtkazib kelinadi.

    Ushbu tadbirlar doirasida maktab Ota-onalar kuzatuv Kengashi vakili, ichki ishlar xodimi, oʻqituvchi guvohligida oʻquvchilarning yot gʻoya va salbiy taʼsirlardan himoya qilish maqsadida ularning mobil aloqa vositasini tekshirish ham koʻzda tutilganligini bildiramiz, — deyiladi xabarda.