Qayd etilishicha, yilning 21-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan maktablarning birida, voyaga yetmagan 2007-yilda tugʻilgan R.S. hamda shu maktab oʻquvchisi voyaga yetmagan 2007-yilda tugʻilgan A.I. tortishib oʻzaro janjallashib ketgan.

Maʼlumotlarga koʻra, janjal vaqtida voyaga yetmagan A.I. voyaga yetmagan R.S.ga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Tan jarohati ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.