Bugun, 30-mart kuni soat 14:04 da Shayxontohur tumani “Ibn Sino” MFY, Toshkent halqa yoʻlida joylashgan plastmassa mahsulotlarini saqlash omborida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra 7 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 14-51 da qurshab olingan va soat 15-23 da bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVV xabarida.