Qayd etilishicha, shu yilning 14-may kuni soat 11:03 da Sergeli tumani Nilufar koʻchasida joylashgan omborxonada yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga murojaat kelib tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan soat 11:05 da 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan va yongʻin soat 13:31 da batamom oʻchirilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yongʻinni bartaraf etish ishlari Favqulodda vaziyatlar vaziri B. Qudratxoʻjayev va vazirning birinchi oʻrinbosari S. Zuparovlar boshchiligida amalga oshirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.