Toshkentdagi Prezident universitetida Oksford taʼlimi joriy etiladi

    Dolzarb 17 Yanvar 2021 773

    «Biz prezident universitetini quramiz. Oksford taʼlimini birinchi marta Oʻzbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning taʼlim sohasi dunyoda birinchi oʻrinda turadi.

    Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni poytaxt tuman hokimlari,sektor rahbarlari, mahalla raislari va Yunusobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    “Biz prezident universitetini quramiz. Oksford taʼlimini birinchi marta Oʻzbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning taʼlim sohasi dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga moʻljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan boʻladi”, – dedi davlat rahbari.

    “Bizning bolalarimiz chet elga ketishadi – ularning 50 foizi qaytib kelmaydi. «Eng katta aql” ketayapti. U yerdagi sharoit ularga yoqadi, oylik katta. Ammo endi men shu sharoitlarni yaratib, ularni oʻzimizda oʻqitmoqchiman. Ketmasin bolalarimiz», — deya taʼkidlagan prezident.

    Eslatib oʻtamiz, Prezident universiteti ochilishi haqida Shavkat Mirziyoyev 2019-yili Namanganda boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida maʼlum qilgandi.