Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning, 28-aprel kuni soat 07:00 da Toshkent shahar, Mirobod tumani, “Abdurauf Fitrat“ MFY, G.Aliyev koʻchasida joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 07:02 da hodisa joyiga yetib borgan, yongʻin soat 08:33 da oʻchirilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin natijasida omborxonaning taxminan 500 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.
Yongʻinni bartaraf etish uchun 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilb etilgan.
Yongʻin oqibatida tan-jarohati olganlar yoʻq.