Toshkentdagi qurilish olib borilayotgan binoda yongʻin chiqdi

    Shu yilning 16-oktyabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida qurilish olib borilayotgan binoda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushdi.

    Holat boʻyicha Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

    Xabarga asosa yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 17:24 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yongʻinni oʻchirish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Voqea joyiga Toshkent shahar FVB va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatidan masʼullar chiqqan.

    Hozirda aytilgan manzilda tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.

    Yongʻin boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.