Toshkentdagi qurilishi bitmagan binoda yongʻin chiqdi

    Voqea-hodisalar 4 Iyul 2025 469

    Yongʻin oqibatida tan-jarohati olganlar aniqlanmagan.

    Qayd etilishicha, shu yilning 4-iyul kuni soat 11:02 da Toshkent shahar FVBga, Yunusobod tumani, “A.Navoiy“ koʻchasida joylashgan qurilishi bitmagan binoning tom qismida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

    Kelib tushgan xabarga asosan yongʻin qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga soat 11:06 da yetib borgan va yongʻin soat 11:17 da batamom oʻchirgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin natijasida bino tom qismining taxminan 5 kv.m maydonida saqich-bitum mahsulotlari yongan.

    Hozirda yongʻining kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.