Toshkentdagi solidol ishlab chiqarish sexi yonib ketdi

    Dolzarb 16 Aprel 2021 745

    Toshkent shahar Sergeli tumanidagi solidol ishlab chiqarish sexi 15-aprel kuni yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, soat 23:08 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Sergeli tumanida koʻchada joylashgan qattiq yogʻni ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining 12 ta yongʻin-qutqaruv brigadasi yetib kelgan.

    Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin taxminan 1000 kvadrat/metr maydonni qamrab olgan. 16-aprel kuni taxminan 00:10 da yongʻin mahalliylashtirilgan. Hozirda yongʻin bilan kurash davom etmoqda, uning oqibatida jabrlanganlar yoʻq.