Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko koʻchasining bir qismi bir oy muddatga barcha turdagi transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Mirobod tumani Taras Shevchenko koʻchasida 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi koʻngilochar (gastronomik) koʻchani tashkil etish boʻyicha ishlarning ikkinchi qismi jadal davom etmoqda.
Taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 27-noyabrdan Taras Shevchenko koʻchasining (94-umumtaʼlim maktabidan) Said Baraka koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan 200 metr qismi 2024-yilning 25-dekabr sanasiga barcha turdagi transport harakati uchun yopiladi.
Haydovchilarga vaqtincha aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilingan.