Ayniqsa kunning tig'iz paytlari shaharning bir qator ko'chalarida turnaqator tirbandliklar kuzatilib turibdi.

Shu kabi holatlarni ko'rib Toshkent shahri ham yirik megapolislar singari trafikni boshqarish muammosiga duch kelayotganligini anglab etish mumkin.

To'g'ri hozirgi kunda poytaxtimizdagi harakat va tirbandliklar Moskva, London, N`yu-York va boshqa katta shaharlardan ancha yahshiroq bo'lishi mumkin. Ammo mazkur masalani echimiga qaratilgan ishlar tezkor ravishda amalga oshirilmasa Toshkentning aholisi sanab o'tilgan shaharlardan kam bo'lsada unda kuzatilatgan tirbandliklar ulardagidan o'tib ketishi mumkin.

Bugungi kunda Toshkent shahrida 5 mln aholi boʻlib (doimiy yashovchi 2,9 mln, kunlik shaharga kelib ketuvchi 1,5 mln, vaqtinchali istiqomat qiluvchi aholi 0,5 mln), aholining soni yiliga oʻrtacha 100 mingtaga oshmoqda.

Aholining kunlik harakatlanishga bo'lgan ehtiyoji 9 million tashkil etib, undan 3 million piyoda harakatlanish, 6 million esa transportda xarakatlanishga to'g'ri keladi.

Transportda xarakatlanishning 25%, yani 1,5 millioni avtobus, metro va mikroavtobuslarda, qolgan 4,5 millioni, shaxarda kun davomida xarakatlanadigan bir million (760 mingta doimiy ro'yxatdagi va 240 mingta kunlik kelib ketuvchi) avtotransportda amalga oshiriladi.

Yuqoridagi sabablar, yo'l ta'mirlash ishlari hamda transport oqimini samarali boshqaruv tizimi yo'qligi, tirbandliklarda harakat tezligi 7 km/soatgacha tushub ketishi, aholining yo'lga sarflaydigan vaqti bundan 3-4 yil oldingiga nisbatan qariyb ikki barobarga ortgani, buning ortidan sekin harakatlanayotgan transportlarning ortiqcha yoqilg'i sarfi va zararli gazlarni chiqarishi natijasida, iqtisodiy yo'qotishlar va mamlakatimiz ekologiyasiga zarar ham ortib bormoqda.

Aholini kunlik harakatlanishga bo'lgan ehtiyojini qondirish, bunda yo'lga sarflanadigan vaqt va moddiy resurslar samaradorligini oshirishga, jahon tajribasiga ko'ra, sifatli, qulay, xavfsiz va jozibador jamoat transporti tizimini joriy etish orqali erishiladi. 

Shu nuqtai nazardan hukumatning tegishli tashkilotlari tirbandlikni oldini olish masalasiga bo'lgan e'tiborlari ortib bormoqda.

Jumladan, mavjud holatda aholini harakatlanishi yo'nalishlari va vaqtlari bo'yicha samarali tashkil etilgan, gavjum joylargacha “bir qadam” tomoili asosida joylashtirilgan bekatlar va infratuzulma ob'ektlari, barqaror tezlikda harakatlanadigan, yo'nalishlari qulay bog'langan jamoat transporti tizimini joriy etish, uchta asosiy yo'nalishlarda olib boriladigan ishlar hisobiga amalga oshirilmoqda.

Birinchidan, shahardagi mavjud oqimlarni (transportniy nagruzkani) yo'l ko'cha tarmog'i bo'yicha taqsimlanishini, yangi zichlashtiriladigan hududlardan yo'l tarmog'iga tushadagan yuklamani, taklif etiladigan jamoat transporti samaradorligini hamda yo'l ko'cha tarmog'iga tushadigan yuklamalarni qayta taqsimlanishini oldindan baholash vositasi sifatida Toshkent shahri transport makromodeli ishlab chiqildi. Xususan, ushbu model “Jahon banki” grant mablag'lari hisobiga jalb qilingan ekspertlar guruxi bilan hamkorlikda kalibrovka ishlari amalga oshirilmoqda. Ishlar noyabr` oyida yakunlanadi.

Ikkinchidan, jamoat transporti yangilangan xarakat tarkibi (avtobuslar)dan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish, aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida avtobuslar yo'nalish tarmog'ini doimiy takomillashtirib borish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, umumiy uzunligi 44 km bo'lgan ko'cha yo'l uchastkalarida alohida avtobuslar yo'lagi tashkil etilib, hozirda ushbu yo'laklardan 16 mingta avtobus qatnovlari kunlik amalga oshirilmoqda va 600 ming yo'lovchining kunlik umumiy (o'rtacha 10 minutdan) 100 ming soat vaqti tejalishiga erishildi.

Uchinchidan, umumiy uzunligi 472 km. bo'lgan transport doimiy harakatlanadigan asosiy arteriyalar hisoblangan ko'chalarda, jamoat transporti harakat ustuvorligi, bekatlar va piyodalar uchun qulay va xavfsiz infratuzilma, transport oqimini samarali muvofiqlashtirilgan boshqaruvi (aqilli svetoforlar) tizimini ichiga olgan kompleks chora-tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Shular qatorida joriy holatni yaxshilash, axolini harakatlanishga bo'lgan ehtiyojini sifatli, qulay va xavfsiz xizmatlar orqali qondirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish zarururiyati kuzatilmoqda.

1. Jamoat transporti samaradorligini oshirish, yo'lovchilarning harakatlanishga sarflaydigan vaqtlarini kamaytirish maqsadida, peresadka qilishga mo'ljallangan qulay tariflarni keng qo'llagan holda qisqa masofali avtobus yo'nalishlarini joriy etish.

2. Tirband ko'chalarda avtobuslar harakat xavfsizligini ta'minlash, harakatlanishda yo'qotilayotgan vaqtni kamaytirish maqsadida, shoh ko'chalarda faqat to'g'ri harakatlanadigan magistral avtobus yo'nalishlarini joriy qilish.

3. Poytaxtga shahar atrofi hududlaridan kunlik kirib keladigan hamda etkazib chiquvchi va magistral yo'nalishlar kesishgan joylarda piyodalar uchun qulay xavfsiz muxitni (infratuzilmani) yaratish.

4. Koridor tamoyili asosida svetoforlarning muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimini, hamda jamoat transporti infratuzilmasini takomillashtirish (usutuvorik, qulaylik va xavfsizlikni ta'minlagan holda), umumiy uzunligi 472 km, 605 ta svetofor ob'ektlari bo'lgan koridorlarimizda ishlarini amalga oshirish talab etiladi. 

Bu ishlarning birinchi bosqichida umumiy uzunligi 125 km. bo'lgan asosiy yuklamalar va tirbandliklar kun davoimida kuzatilayotgan ko'chalarda amalga oshirilishi kerak.

Ma'lumot uchun: keltirib o'tilgan Zarur ishlardan hozirda, koridor tamoyili asosida echimlar ishlab chiqish bo'yicha, aktual bo'lib turgan 125 km yo'l ko'cha tarmog'ining 55 km. lik uchastkalari (A.Temur, Shahrisabz, Sh.Rustaveli, Yangi Sergeli, Bobur, Samarqand darvoza, Ko'kcha darvoza, Beshayrag'och va boshqalar) ustida ishlar olib borilmoqda.

5. Aglameratsiya hududini bog'laydigan temir yo'l yo'lovchi tashish (elektrichka) tizimini takomillashtirish, yangi avtobus yo'nalishlarini joriy etish hamda qulay transport o'tish bog'lamalarini tashkil etish orqali shaxarga kiruvchi transport oqimini kamaytirish.

6. Shaharda yuk transporti harakatini cheklash va TXAY bo'ylab aylanma harakatlanishga yo'naltirish, shahar ichidagi yuk transporti harakatlanadigan vaqti va yo'llarini aniq belgilab berish.

7. Avtomobil` yo'lining temiryo'l bilan kesishmalarida, transport bog'liqligiga talab yuqori bo'lgan (belgilangan kriteriyalar asosida aniqlangan) hududlarda kanallar ustidan hududlarni bog'lovchi ko'prik va yo'l o'tkazgichlarni qurish.