баннер
21 Mar 2025
16:25

    Toshkentdagi tungi klubda mushtlashuv sodir boʻldi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkenidagi kafelardan birining yonida bir erkak boshqa bir erkakni urib, tan jarohati yetkazgani aks etgan video tarqaldi.

    Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, joriy yilning 16-mart tungi soat 02.30 larda Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida janjal kelib chiqqan. Bunga restoranga mijoz sifatida kelgan A.Sh. oʻzining tanishi X.A. bilan oʻrtalaridagi kelishmovchilik sabab boʻlgan.

    B.A. ularni ajratishga harakat qilgan vaqtida A.Sh. uni urib tan jarohati yetkazgan.

    Oqibatda V.A. “bosh miya jarohati, oʻng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlanish” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech