Toshkentdagi uylarning birida yongʻin chiqdi

    Shu yilning 31-oktyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻldi.

    Toshkent shahar FVBning maʼlum qilishicha,

    yongʻin oqibatida xonadonning 10 kv.m maydoni yonib zararlangani. Xonadonda boʻlgan 74 yoshli fuqaro halok boʻlgani.

    Voqea joyiga yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yongʻin qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.

    Yongʻin oqibatida halok boʻlgan fuqaroning oila aʼzolarining soʻzlariga koʻra, 1950-yilda tugʻilgan fuqaro insult kasalligiga uchragan va shu sababli harakatlana olmagani uchun soʻnggi vaqtlarda oila aʼzolari nazoratida yotoq holatida boʻlgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida halok boʻlgan fuqaro, yotoq joyida tamaki mahsulotini chekish natijasida, yongʻin sodir boʻlgani taxmin qilinmoqda.

    Hozirgi vaqtda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlash boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.