Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Qayd etilishicha, tuman IIO FMB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur xususiy maktabning 9-sinf oʻquvchisi Gʻ.J. (2008-yilda tugʻilgan) ga maktab oʻqituvchilari A.F. va N.M. tomonidan jismoniy kuch ishlatilgan.
Tayinlangan sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, Gʻ.J. ga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan A.F. va N.M. larning xatti-harakatlariga qonuniy chora koʻrish uchun mazkur ish materiallari Jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tumani sudiga yuborildi.
Bolalar ombudsmani oʻz vakolatlari doirasida mazkur ish yuzasidan kuzatuvini davom ettiradi.
Bu borada qoʻshimcha axborot beriladi.