Bu haqda “2020/2021 o'quv yili uchun “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga o'qishga qabul qilish to'g'risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori (393-son, 19.06.2020 yil) qabul qilindi.
Unga ko'ra:
Respublika hududida atom elektr stantsiyasini qurish bo'yicha loyihani amalga oshirish hamda energetika vazirligi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining (“O'zatom”) atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filialida 2020/2021 o'quv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash bo'yicha qabul kvotasi 100 o'rin miqdorida belgilandi.
SHuningdek,
“O'zatom” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va mazkur filial zimmasiga kirish imtihonlarini o'tkazish bo'yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ko'rish vazifasi yuklatildi.
Filialda bakalavrlar davlat granti asosida ta'lim oladi.