Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Shu yilning 20-iyul kuni soat 13:33 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Katta Olmos koʻchasida joylashgan, yangi qurilayotgan binolarning birida, yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushdi.

Xabarga asosan, yongʻin sodir boʻlgan joyga yongʻin-qutqaruv ekipaj guruhi yuborildi. Yongʻin soat 13:42 da qutqaruv ekipaj guruhi tomonidan oʻrab olinib, soat 13:57 da batamom oʻchirilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, sodir boʻlgan yongʻin natijasida, binoning birinchi qavatidagi qurilish mahsulotlari yongan.

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.