Toshkentdagi “Yunusobod“ bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

    Urbanizatsiya 5 May 2025 891

    Poytaxtimizdagi “Yunusobod“ bozori hududining bir qismida tadbirkorlar hamda bozorga tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratish, tartib va xavfsizlikni oshirish maqsadida rekonstruksiya ishlari boshlangan.

    Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, avval ushbu hududda 180 ta avtomobil uchun toʻxtash joylari mavjud edi. Ishlar olib borilayotgan davrda Ahmad Donish koʻchasi boʻylab, jumladan yoʻl oʻtkazgich ostida, 350 ga yaqin toʻxtash joyi tashkil etildi. Bu tashrif buyuruvchilar uchun bozorga kirish imkoniyatini saqlab qoladi.

    Shuningdek, ilgari avtoturargohda avtomobillardan tartibsiz savdo amalga oshirilgan boʻlib, bu tartib va oʻtish yoʻllariga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Endilikda bu holat tartibga solinmoqda — avtomobillardan savdo qilgan shaxslar 50 metr ichkariga, maxsus tashkil etilgan hududga koʻchirilmoqda. Bu yerda ular savdo qilishi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilgan.