Qayd etilishicha, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻida yuzaga kelgan nosozlik oqibatida poytaxtning ikki tumanida chiroq oʻchdi.
Jumladan, Yunusobod va Mirzo Ulugʻbek tumanining bir qator mahallalariini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi podstansiyalarni elektr energiyasi bilan taʼminlovchi TashGRESdan chiquvchi kuchlanishi 110 kV boʻlgan havo elektr uzatish tarmogʻida favqulodda avariya holat yuzaga kelib, elektr taʼminotida uzilish sodir boʻldi.
Ayni vaqtda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.
Tez orada mazkur nosozlik toʻliq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi toʻliq tiklanadi", deyiladi xabarda.