Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan yoʻlovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida Toshkent—Andijon—Toshkent yoʻnalishida 15-22-29-dekabr kunlari va 2023-yilning 5-12-19-26-yanvar kunlari qoʻshimcha qatnovlar yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
60-sonli Toshkent—Andijon yoʻnalishi — Toshkent 07:55 — Andijon 13:46;
59-sonli Andijon—Toshkent» yoʻnalishi — Andijon 16:00 — Toshkent 21:45.