Vazir Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatlarini qamrab olgan “Chorvoq-Chimyon” rekreatsion zonasiga transport qatnovini yaxshilash rejalari haqida gapirdi. Vazirning maʼlum qilishicha, yangi yoʻl davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi va amaldagi yoʻlga tegilmaydi.
Yangi trassa — Chorvoqqa muqobil, qulay va xavfsiz yoʻl sifatida foydalanish uchun moʻljallanmoqda.
“Oxirgi paytda mavjud yoʻlimiz juda tirband holatga kelib qolgan. Qaror qabul qilindi hurmatli Prezidentimiz tomonidan”, dedi Ilhom Mahkamov.
Vazirning soʻzlariga koʻra, konsepsiya allaqachon taqdim etilgan boʻlib, ish tanlov asosida, yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda va davlat-xususiy sheriklik mexanizmi doirasida amalga oshiriladi.
“Mavjud yoʻlga tegmagan holda yangi Toshkent – Chorvoq avtomobil yoʻli qurilishini ham boshlab yuboramiz”, dedi u.









