2022 yil 7 martdan boshlab yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan «Uzbekistan Airways” AJ dushanba kunlari Toshkent – Irkutsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. 

Bu haqda kompaniya axborot xizmati maʼlum qildi.

Toshkentdan uchish: 05:25 (Toshkent vaqti bilan)

Irkutskka yetib borish: 12:45 (Irkutsk vaqti bilan)
Irkutskdan uchish: 14:45 (Irkutsk vaqti bilan)
Toshkentga yetib borish: 16:35 (Toshkent vaqti bilan)

Toshkent – Irkutsk yo‘nalishida aviachipta 2 066 187 so‘mdan, Toshkent – Irkutsk – Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar esa 3 689 207 so‘mdan boshlanadi.    

Narxlar 25.02.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.