Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyot bortida fuqaro vafot etdi

    1946-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi X.T. surunkali kasallikka shifo topish ilinjida Turkiyaning Istanbul shahriga kelayotgan boʻlgan.

    Kecha, 11-yanvar kuni “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ning Toshkent – Istanbul yoʻnalishida parvoz qilayotgan samolyoti Anqara shahriga favqulodda qoʻngani xaqida xabar bergan edik.

    Oʻzbekistonning Anqaradagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, 1946-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi X.T. surunkali kasallikka shifo topish ilinjida Turkiyaning Istanbul shahriga kelayotgan boʻlgan, biroq aviaparvoz chogʻida sogʻligʻi yomonlashgan va unda yurak xuruji boshlangan.

    Ekipaj hamda yoʻlovchilar unga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatgan, tibbiy koʻnikmaga ega kishilar yurak massaji qilgan. Biroq saʼy-harakatlarga qaramasdan fuqaro vafot etgan.

    Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tegishli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatib, marhumning jasadi 12-yanvarda Oʻzbekistonga joʻnatilishini taʼminlangan.

    “Marhumning yaqinlariga sabr va chuqur taʼziya bildirgan holda Turkiyada boʻlib turgan fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi holatlar sodir boʻlganda, elchixona konsullik boʻlimining +903124411746/+903124413871 telefon raqamlariga murojaat qilishlarini soʻraymiz”, – deyiladi elchixona xabarida.