Toshkentdan Moskvaga muntazam aviaqatnovlar tiklandi

    Transport 7 Aprel 2021 1578

    2021-yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni Toshkent - Moskva - Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etiladi.

    Bu haqda “Uzbekistan Airways” Matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Mazkur yoʻnalish boʻyicha Rossiyaga uchishdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan holda PZR-test oʻtkazish talab qilinadi. Mazkur reysga Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiyaga kirishga cheklov qoʻyilmagan Oʻzbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritilishi mumkin.