Toshkentdan uchgan samolyot Dushanbe aeroportiga qo'nolmadi

    Transport 17 May 2023 1837

    “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent—Dushanbe yo'nalishi bo'yicha HY717 sonli reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytib keldi.

    Samolyotning qaytishiga Dushanbe aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (kuchli shamol) sabab bo'lgan.

    Toshkent vaqti bilan soat 10:04 da samolyot uchish aeroportiga kelib qo'ndi. Soat 11:31 da esa bortida 174 yo'lovchi bo'lgan samolyot Dushanbe aeroportiga uchib ketdi.