Toshkentdan Urganchga qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi

    Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida "Toshkent-Urganch-Toshkent" yo‘nalishida qo‘shimcha 1 reysga qatnovlar yo‘lga qo‘yildi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    2023-yilning 22-yanvar kunlari 156-sonli "Toshkent — Urganch" yo‘nalishi:

    Toshkent 00:05 — Urganch 14:23

    2023-yilning 22-yanvar kunlari 155-sonli "Urganch — Toshkent" yo‘nalishi:

    Urganch 17:35 — Toshkent 06:54

    IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari (http://www.railway.uz/uz/interaktivnye_uslugi/spravochnye_telefony/) hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz, — deyiladi rasmiy manbada.