Toshkentdan Urumchiga aviaqatnovlar tiklanadi

    Transport 29 May 2023 1127

    Uzbekistan Airways shu yil 30-iyunidan boshlab Toshkent – ​​Urumchi – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi. Muntazam parvozlar har hafta, juma va shanba kunlari (keyingi kunga oʻtuvchi reys bilan) quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

    Toshkentdan joʻnash: 17:15 (Toshkent vaqti bilan)

    Urumchiga yetib kelish: 22:40 (Urumchi vaqti bilan)

    Urumchidan joʻnash: shanba kuni soat 00:10 (Urumchi vaqti bilan)

    Toshkentga yetib kelish: shanba kuni soat 00:05 (Toshkent vaqti bilan)

    Toshkent – ​​Urumchi yoʻnalishi boʻyicha aviachiptalar narxi 2 738 000 soʻmdan, Toshkent – ​​Urumchi – Toshkent yoʻnalishida esa 4 867 000 soʻmdan boshlanadi, deb xabar beradi “Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati.

    Mazkur xabar orqali aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkinligini maʼlum qiladi.