Toshkentdan viloyatlarga ketish uchun poyezd chiptalari qolmadimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda temir yoʻl vokzallarida tirbandliklar hosil boʻlayotgani hamda temir yoʻl kassalarida va ilovada temir yoʻl chiptalari qolmaganligi haqida video va fotolar tarqalmoqda.

    “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati holat boʻyicha munosabat bildirdi.

    Maʼlum qilinishicha, ushbu holatni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tomonidan qoʻshimcha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda va yoʻlovchi poyezdlariga qoʻshimcha vagonlar ulanishi hamda yangi yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

    «Ayni damda temir yoʻl vokzallarida tirbandliklar yoʻqligi va aholi temir yoʻl kassalariga kelib bemalol chiptalarni xarid qilishlari mumkinligi toʻgʻrisida maʼlum qilamiz.
    Bundan tashqari aholi va talabalar temir yoʻl chiptalarini chiptaxonalardan tashqari mobil ilova orqali onlayn xarid qilishlari mumkin
    Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalaridan foydalanishingiz mumkin«, — deyiladi xabarda.