Toshkentda Navroʻz sayli qayerda boʻlishi maʼlum qilindi

    Mamlakatimizda 16 Mart 2023 2984

    Poytaxtimizda “Navroʻz sayli” 18-martdan 22-martgacha boʻlib oʻtadi.

    Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, sayl 18-martdan 22-martgacha “Navroʻz” bogʻida boʻlib oʻtadi.

    Tadbirda dorboz va polvonlarning chiqishlari, oʻzbek xalq oʻyinlari, milliy anʼanalarimizga asoslangan bozor muhiti, milliy taomlarimiz, “Retro” toʻy marosimi va estradamiz yulduzlarining chiqishlari tashkil etiladi.