Gepatit C ga qarshi preparatning navbatdagi, 18-partiyasi “Sofosbuvir-400mg”, 5600 oʻramda Misrdan Toshkentga yetib keldi.
Oʻzbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga koʻra, dori vositalari mamlakatimiz Sogʻliqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga yuborilgan. Ulardan mazkur tibbiyot muassasasida davolanayotgan bemorlar bepul foydalanadi.
Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga hozirgacha yetkazib berilgan 800 ming dona ushbu dori vositasi 133 ming bemorning davolanishiga boʻlgan ehtiyojni qondiradi.
Мazkur gumanitar aksiya Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil 20-21-fevral kunlari Misrga rasmiy tashrifi va Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan muzokaralar chogʻida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Gumanitar yordam gepatit bilan kasallangan bemorlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni davlat hisobidan davolashga yordam beradi.