Bir muddatlik tanaffusdan soʻng xokkey musobaqalari poytaxtimiz Toshkentga qaytmoqda. 10-sentyabr kuni Qozogʻiston ochiq chempionati Pro-ligasining navbatdagi mavsumiga start beriladi.

Jumladan, 11-sentyabr kuni “Humo” xokkeychilari Qozogʻistonning Nur-Sulton shahri sharafini himoya qiluvchi “Nomad” jamoasiga qarshi muz ustiga chiqadi. Uchrashuv muhtasham “Humo Arena”da oʻtkaziladi va unga soat 17:00da start beriladi.

Quyida “Humo” xokkey jamoasining sentyabr oyidagi oʻyinlari taqvimi bilan tanishing:

11-12-sentyabr

“Humo” (Toshkent) – “Nomad” (Nur-Sulton, Qozogʻiston)

15-16-sentyabr

“Humo” – “Gornyak” (Rudniy, Qozogʻiston)

25-26-sentyabr

“Beybaris” (Atirau, Qozogʻiston) – “Humo”

29-30-sentyabr

“Aktobe” (Qozogʻiston) – “Humo”

“Humo” jamoasining mazkur xalqaro tunirdagi ishtiroki mobaynida muxlislarning qoʻllab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etadi.