Poytaxtga etib kelgan yo'lovchilar uchun yangilangan CIP-zal Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalining birinchi qavatida joylashgan.
Yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida zalda alohida pasport nazorati kabinalari, yuklarni tezlashtirilgan tartibda etkazib berish, bepul WI-FI, 75 o'rinli yumshoq kreslolar, turli xil ichimliklar mavjud. Bundan tashqari, zalda Duty Free do'koni ochilmoqda. Yo'lovchilar samolyotdan CIP-zalga maxsus qulay avtobuslarda olib kelinadi.
Toshkentga uchib kelgan yo'lovchilar uchun CIP-zaldan o'tish narxi 350 000 so'mni tashkil qiladi.