Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 2 — avgust kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:
Yunusobod tumani: “Posira”, “Obod”, “Oqtepa”, “Shoshtepa”, “Yurtobod”, “Mehnatobod”, “Begʻubor” hamda “Bobodehqon” MFYlarining ayrim hududlarida soat 24:00 dan 12:00 gacha;
Yashnobod tumani: “Bogʻbon” MFYning ayrim hududlarida soat 09:30 dan 17:00 gacha;
Yakkasaroy tumani: “Konstitutsiya” MFYlarining ayrim hududlarida bugun soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi, — deyiladi xabarda.