Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkentning Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulugʻbek va Olmazor tumanlarining qator hududlariga 26-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
- aholi isteʼmolchilari — «Zarqoʻrgʻon», “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, S-mavze, “Koʻtarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Mevazor”, «2-Qatortol», «Yakkabogʻ», «Qozirabod», «Tirsakobod», «Mehrijon», “Katta Xirmontepa” MFYlaridagi 1963 ta yerli xonadon va koʻp qavatli uylardagi 6858 ta xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar — hududdagi 68 ta ulgurji isteʼmolchilar.
Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
- aholi isteʼmolchilari — “Tepa Qoʻrgʻon”, “Koʻxna Choʻpontepa”, «Bogʻobod», “Bogʻiston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFYlari, Uchtepa tuman 11–15, 21–26-mavzelari koʻp qavatli uylaridagi 7379 ta xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar — Ushbu hududdagi 76 ta ulgurji isteʼmolchilar.
Mirzo Ulugʻbek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
- aholi isteʼmolchilari — “Temuriylar” MFYdagi 254 ta xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar — 10 ta.
Olmazor tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha):
- aholi isteʼmolchilari — “Qizgʻaldoq” MFYdagi 260 ta xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar — 4 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.