Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtimizning Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. “Hududgaz Poytaxt” bu haqda ma’lum qildi.

    Shu munosabat bilan ushbu tumanlarining ba’zi mahalla va ko‘chalarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

    Mirobod tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:

    - «Banokatiy» mahallasi;
    - «Korzinka» supermarketi.

    Sergeli tumanida 11:00 dan 16:00 gacha:

    - «No‘g‘oyqo‘rg‘on» mahallasining Sa’diy ko‘chasi;
    - «Nomdanak» mahallasining Fayzli, Ziyokor 2-tor ko‘chasi;
    - ushbu mahallalarda joylashgan 2 ta ulgurji iste’molchi.

    Olmazor tumanining mahallalarida 11:00 dan 17:00 gacha:

    - «Ahil»;
    - «Yangi Toshkent»;
    - «Paxta»;
    - «Moyariq»;
    - Gʻani A’zamov;
    - «Guruchariq».