Sovuq ob-havo sharoiti tufayli 12-16-yanvar kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan ayrim to‘yxonalarda bepul osh tarqatish yo‘lga qo‘yilmoqda.
"Ushbu manzillarga yegulikka muhtoj aholi qatlami, kam ta’minlangan oilalar, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tashrif buyurishlari mumkin", deyiladi xabarda.