Asosiy kirish joyi Navoiy ko‘chasidan, Hyatt mehmonxonasi va Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona oralig‘idan, ulkan darvoza orqali kiriladi. Darvozaning oldida maydon va katta sahna bo‘lib, unda DJ Trace, Roger Gunn, DJ Sam, DJ Voynov va DJ Endigo kabi mashhur didjeylar ishtirokida jo‘shqin musiqa oqshomlari o‘tkaziladi. Shu yerning o‘zida Tashkent Voice Fest qo‘shiq va Tashkent Dance Fest raqs tanlovlari bo‘lib o‘tadi.
Chap tomonda biz futbol, armrestling uchun hududlarini, «havo» basketboli uchun maydoncha, tennis stollari, badminton maydonchasi joy olgan sport hududini ko‘rishimiz mumkin. Toshkentda ilk bora Laser run lazer pistoletidan otish musobaqasi bo‘lib o‘tib, unda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas.
O‘ng tomonda turli qiziqarli hududlardan iborat maydon joylashgan bo‘lib, unda ham ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Beshta tashabbus g‘oyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga bag‘ishlangan selektor majlisida ilgari surilgan. Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Furqat Mahmudxo‘jaevning so‘zlariga ko‘ra, Beshta tashabbus yo‘nalishidagi tadbirlar maktab va OTMlarda turli formatlarda o‘tkazilib kelinmoqda. Bu yerda esa to‘plangan tajribadan eng yaxshisini jamlashga harakat qilingan – turli yoshlar guruhlarining takliflari va yangi yechimlar
Bilimdonlarning mashhur «Zakovat» o‘yini uchun maxsus hudud tashkil etilgan bo‘lib, tashkilotchilardan biri – nom qozongan bloger Xushnudbek Xudoyberdiev. Uning yonida kompyuter o‘yinlari ixlosmandlari uchun hudud tashkil etilgan bo‘lib, Tashkent Cyber Cup-2021 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Shu yerning o‘zida «X-loyiha» ideatoni bo‘lib o‘tadi, uning davomida ishtirokchi jamoalar turli yo‘nalishlardagi IT-loyihalarini ishlab chiqadilar.
Bu yerda shuningdek, katta matbuot markazi tashkil etilgan bo‘lib, unda vazirlar, hokimlar va boshqa rahbarlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, ular o‘z ishi haqida so‘zlab, yoshlarning savollariga javob beradi. Darvoqye, hozirda yoshlar uchun 72 ta imtiyoz amal qilmoqda, lekin ular haqida kamdan-kam odam biladi, markazda ular haqida batafsil bilib olish imkoniyati bo‘ladi. Uchrashuvlar jadvali e’lon qilinadi, savollarni tayyorlang.
Shuningdek, Ayollar netvorking haftaligi bo‘lib o‘tadi, unda jamoalar mualliflik loyihalarini taqdim etadilar, o‘quv treninglari, nufuzli spiker va murabbiylarning chiqishlari bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa TVS elektron bankidan sovringa ega bo‘ladi.
Strit-art tanlovi, xend-meyd yarmarkasi, «Elektrooko» pop-guruhining chiqishlari va yana o‘nlab tadbir va faolliklar bo‘lib o‘tadi.
Qiziqarlisi shundaki, festival o‘tkazilgandan keyin u 25-mayda tugamaydi, barcha inshootlar qolib, yoshlar tadbirlari uchun faol qo‘llaniladi.
Hozirgacha 40 000 nafar kishi ro‘yxatdan o‘tib bo‘ldi (Toshkent21.uz saytida). Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tish musobaqalar, tanlovlar va aksiyalar ishtirokchilari uchun kerak, tashrif buyuruvchilar uchun kirish erkin. Karantin talablari inobatga olinadi, maydonda tibbiyot xodimlari navbatchilik qiladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.











