23 Apr 2025
16:09

    Toshkentning Glinka koʻchasida 16 qavatli biznes markazlari va mehmonxona quriladi

    Yakkasaroy tumani hokimi tumandagi iqtisodiy taraqqiyot va investitsiya muhitini yanada rivojlantirish maqsadida yirik xorijiy investorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda tumanning Glinka koʻchasida joylashgan 37, 39 va 41-uylar hududida yirik qurilish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Ushbu hudud 0,63 gektar maydonni tashkil etib, loyiha doirasida 70 million dollar miqdoridagi xorijiy investitsiya jalb etilishi rejalashtirilgan.

    Mazkur loyiha doirasida 3 ta 16 qavatli biznes markazi, zamonaviy mehmonxona, maishiy xizmat koʻrsatish majmualari hamda qulay infratuzilmaga ega turar-joy binolari barpo etilishi koʻzda tutilgan.

    Uchrashuv davomida investorlar loyihaning muhim jihatlari, amalga oshirish bosqichlari va kutilayotgan samaralar haqida maʼlumot berdilar.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech