Qarorga koʻra, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoʻllarni taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish uchun Mirzo Ulugʻbek tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga 4 mlrd 233 mln 700 ming soʻm hamda Bektemir tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga 3 mlrd 800 mln soʻm mablagʻlar ajratiladi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Xaydarov zimmasiga yuklatildi.
Avvalroq, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov poytaxtning barcha tumanlaridagi yoʻllarni taʼmirlash uchun Shaharni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan 12 mlrd soʻm ajratish toʻgʻrisidagi qarorni imzolagandi. Bunda har bir tumanga 1 mlrd soʻmdan ajratilishi belgilangan edi.